Abror Qo'shshiyev
AIDesktopKod: Ochiq kod

UzDublyaj

Videolarni o‘zbek tiliga o‘giruvchi dastur: subtitr va AI dublyaj

Yil2026
HolatIshlab turibdi
NarxiKelishiladi
ManbaGitHub
3manba tili: EN, RU, KO

YouTube havolasi yoki kompyuterdagi video faylni oladi va o‘zbekcha .srt subtitr hamda o‘zbek tilidagi ovozli dublyaj tayyorlaydi. Ingliz, rus va koreys tilidagi videolar bilan ishlaydi.

Vazifa

Dasturlash va boshqa sohalardagi eng yaxshi video darsliklarning aksariyati ingliz tilida. Ularni o‘zbek tilida tushunib ko‘rish uchun qulay vosita yo‘q edi.

Yechim

Dastur videodagi nutqni aniqlaydi, Gemini API orqali o‘zbek tiliga tarjima qiladi, vaqt belgilari bilan subtitr yaratadi va o‘zbekcha ovozli dublyaj tayyorlaydi. Sozlamalar va API kalitlar alohida config faylida saqlanadi.

Natija

Dastur ishlaydi va GitHub’da e’lon qilingan. Avval ingliz tili qo‘llab-quvvatlangan, keyin rus va koreys tillari qo‘shildi.

Imkoniyatlar

  • YouTube havolasi yoki lokal video fayl
  • Vaqt belgilari bilan .srt subtitr
  • O‘zbek tilida AI ovozli dublyaj
  • Manba tillari: ingliz, rus, koreys

Texnologiyalar

PythonGemini APISRTAI TTS