QabulFlow AI
O‘quv markazlari uchun AI qabul va sinov darsiga yozish tizimi
Telegram va veb-chatda bo‘lajak o‘quvchilar bilan gaplashadigan AI agent: kurslar, narx va jadval haqida bazadagi ma’lumot asosida javob beradi, sinov darsiga yozadi va murojaatni CRM’ga kiritadi. Odam kerak bo‘lsa, suhbat operatorga o‘tadi.
Vazifa
O‘quv markazlariga murojaatlarning katta qismi kechqurun va dam olish kunlari keladi — o‘sha paytda javob beradigan odam bo‘lmaydi. Javob kechiksa, o‘quvchi boshqa markazga ketadi. Oddiy chat-bot esa noto‘g‘ri narx aytishi yoki band joyni va’da qilishi mumkin.
Yechim
Agent 11 ta cheklangan tool orqali ishlaydi: narx, jadval va bo‘sh joylar faqat bazadan olinadi, shuning uchun agent raqamlarni o‘ylab topmaydi. Bron ikki bosqichli tasdiqdan keyin yaratiladi; select_for_update, bazadagi cheklov va idempotency kaliti bir joyga ikki kishi yozilishining oldini oladi. Ovozli xabarlar matnga o‘giriladi, eslatmalar faqat mijoz roziligi bilan yuboriladi.
Natija
O‘zbek va ingliz tilidagi 10 sahifali admin panel: kanban va jadval ko‘rinishidagi CRM, kalendar, bilim bazasi, AI sozlamalari va analitika. 98 ta backend va 11 ta E2E test o‘tadi; demo rejimida tizim 160 ta sintetik mijoz bilan ishga tushadi.
Imkoniyatlar
- Telegram va veb-chat, matn va ovoz
- Kanban va jadval ko‘rinishidagi CRM
- Suhbatni operatorga o‘tkazish
- Kun, hafta va oy kalendari
- Bilim bazasi: PDF, TXT va MD bo‘yicha qidiruv
- Rollar: egasi, menejer, operator; filial bo‘yicha cheklov
- Analitika: voronka, KPI, CSV eksport